18:04 / 11.11.2016
31807

Donald Trampning samolyoti Air Force One'ga qarshi

Aksariyat davlat arboblari Oq uyga birinchi raqamli havo kemasi - Air Force One'da tashrif buyurishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan. Biroq Donald Tramp bu an'anaga chek qo‘ydi va AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvga o‘zining Boing-757 samolyotida tashrif buyurdi. Bu haqida The Telegraph nashri ma'lum qildi. 

Bunday qaror AQShning 45-prezidenti o‘zining selebriti imijini saqlab qolishiga doir bir qator savollarni yuzaga keltirdi. Ma'lumki Tramp shaxsiy samolyotdan tashqari, 58 qavatli pentxausga ham egalik qiladi. 

Tramp Force One

Tramp 2011 yilda ushbu qimmatbaho havo kemasini xarid qilgan va uni imkon doirasidagi barcha hashamat jihozlari bilan bezagan. 

Manbaga ko‘ra, prezidentlik poygasidagi g‘alabasidan keyin u samolyot nomini Trump Force One'ga o‘zgartirgan.

Ma'lumotlarda keltirilishicha, uning bahosi 100 million dollardan ortiq bo‘lib, unda ikki yotoqxona va Rolls-Royce turbo-ventilyatorli kuchli dvigatellar mavjud. Samolyotning aksariyat jihozlarida tilla elementlarini ko‘rish mumkin. Yotoqxonani Trampning oilaviy belgisi tasviri tushirilgan ipak yostiqlar bezab turadi. 

Samolyotda 57 dyuymli ekrandan iborat uy kinoteatri Donald Trampning xizmatida. 


 
Air Force One

Trampning havo kemasi rasmiy prezidentlar samolyotidan kichikroq. Uning samolyoti 43 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, Air Force One  - 102 o‘rinli. 

Air Force One'da konferensiya zali, mashq xonasi va signal raketalari bor. 

Unda dunyoning eng nufuzli kishisining salomatligini nazorat qilish uchun "tibbiy markaz" xizmat ko‘rsatadi.

Obama Klinton kampaniyasini o‘tkazishda Air Force One'dan foydalandi - bu fakt Trampning nazaridan chetda qolmadi, albatta. 

"Nima uchun prezident Obama Hillari Klinton kampaniyasini o‘tkazishda Air Force One'dan foydalandi? Ular ertaga birga uchishar ekan. Parvoz kimning hisobidan amalga oshiriladi?"

U Air Force One'ning dvigatellari eski bo‘lgani hamda janob Obama o‘zidan keyin doim ulkan uglerod iz qoldirganini ta'kidlagan.

Mavzuga oid
Top