17:09 / 11.11.2016
24786

OAVda Obamaning yangi uyi fotosuratlari paydo bo‘ldi

Foto: Washington Fine Properties

Barak Obama 2017 yilning yanvarida Oq uyni tark etganidan so‘ng Vashingtonning shimoli-g‘arbidagi Kalorama hududidagi to‘qqiz yotoqxona, ayvon va shaxsiy bog‘i bo‘lgan kottejga ko‘chib o‘tadi. Hashamatli uy intereri asosan kulrang va oq ranglarda ishlangan. Uyning suratlari Britaniyaning The Sun nashri tomonidan taqdim etildi.

Kottejning umumiy maydoni 762 kvadrat metrni tashkil qiladi. 

Uy sobiq prezident Bill Klintonning matbuot kotibi Jo Lokhartga tegishli. Riyeltorlarning taxminlariga ko‘ra, uyning narxi 5 million dollar atrofida. 

Zillow ko‘chmas mulk bazasi tahlilchilarining baholariga ko‘ra, hashamatli uy ijarasi Obamaga oyiga 22 ming dollarga tushadi. 

 

Mavzuga oid
Top