Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 130 mlrd dollarlik neft shartnomalari imzolamoqchi
Eron xalqaro kompaniyalar bilan 130 mlrd dollarlik neft shartnomalari imzolamoqchi, deb ma'lum qildi Eron neft vaziri o‘rinbosari Amir Zamoni Niyya.
"Kelajakda neft bo‘yicha 130 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanishi mumkin. Ayni vaqtda neft sohasidagi eng nufuzli xalqaro kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilayotgan 11 ta loyiha bor", deb ma'lum qildi Niyya Mehr axborot agentligiga.
Niyyaning aytishicha, Eron Fransiyaning Total kompaniyasi bilan Janubiy Pars konining "17-fazasi"ni rivojlantirish bo‘yicha yakuniy kelishuvni imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Kelishuvning narxi 4,7 mlrd dollarga baholanmoqda.
Ta'kidlanishicha, Eron, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Shell va British Petroleum, Rossiya va Xitoy kompaniyalari bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda.
Janubiy Pars Fors ko‘rfazi markaziy qismidagi shelfda joylashgan ulkan neft-gaz koni bo‘lib, Eron sohilbo‘yidan 100 km uzoqlikda joylashgan. Konning umumiy gaz zaxirasi 12 trln kub metrni tashkil qiladi. Janubiy Pars-11 loyihasining ishlab chiqarish quvvati kuniga 370 ming barrel neft ekvivalentiga teng bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:09
Eron rasmiylari Trampni Tehronga tahdidlari uchun tanqid qildi
17:46
Tramp AQSh Erondagi namoyishchilarga «yordam berishga tayyor» ekanini aytdi
20:09 / 01.01.2026
Eronda namoyishlar: qurbonlar bor
22:25 / 30.12.2025