Jahon | 14:31 / 12.11.2016
12941
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp g‘alabasini taxmin qilgan professor uning impichmenti haqida fikr bildirmoqda

Foto: washingtonpost.com

Amerikaning Vashingtondagi universiteti professori Alan Lixtman 1984 yildan beri AQSh prezidentligi uchun saylovlardagi nomzodlarning qaybiri g‘alaba qozonishini bexato taxmin qilib keladi. 

U Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning g‘alabasini ham to‘g‘ri topgan edi. Endilikda, u yangi saylangan prezidentga nisbatan impichment e'lon qilinishi mumkinligi haqida fikr bildirmoqda, deb yozgan The Washington Post gazetasi.

Lixtmanning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kongressi mamlakat prezidenti lavozimiga yangi saylangan vitse-prezident Maykl Pens kelishini ta'minlash uchun Trampni prezidentlik vazifasidan chetlatishlari mumkin. Pens Respublikachilar partiyasi safida o‘zining yaxshi jihatlarini namoyish etib, partiya a'zolarining hurmatiga sazovor bo‘lgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid