00:11 / 14.11.2016
14620

Yakkakurash jangchisi Makgregor: Nurmagomedov men bilan jang qilishga loyiqligini isbotlashi kerak

Irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor Makgregor uni jangga chaqirgan rossiyalik Xabib Nurmagomedovga o‘z javobini berdi.

Irlandiyalik jangchi rossiyalik sportchi bilan uchrashishi shartlarini aytib o‘tdi. Uning fikricha, Nurmagomedov u bilan jang qilishga loyiqligini isbotlashi kerak. Makgregorning qo‘shimcha qilishicha, u rossiyalik bilan jang odamlarga qiziq bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lishi lozim. 

"Nurmagomedov yetarlicha ko‘p jang qilmaydi. U 8 yilda bir marta urishadi. Men faollikni, izchillikni, o‘zimga o‘xshagan jangchini ko‘rishim kerak", deb aytgan irlandiyalik jangchi  UFC 205 musobaqasi yakunlari bo‘yicha o‘tgan matbuot-anjumanida. 

13 noyabrda Nyu-Yorkda o‘tgan musobaqada o‘rta yengil vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan irlandiyalik jangchi yengil vazn toifasidagi jahon chempioni amerikalik Eddi Alvaresni mag‘lub etib, UFC tarixida ikkita vazn toifasidagi chempionlik kamarini o‘zida birlashtira olgan birinchi jangchi bo‘ldi. 

Nurmagomedov ham ushbu musobaqada ishtirok etib, amerikalik Maykl Jonsonni mag‘lub etdi. U jangdan keyin Makgregorni jangga chaqirgan.

 

Mavzuga oid
Top