20:26 / 14.11.2016
4060

Yevropa Ittifoqi 2017 yil oxirigacha muhojirlarni taqsimlash jarayonini yakunlamoqchi

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi 2017 yil oxirigacha Gretsiya va Italiyadagi muhojirlarni kvotalar bo‘yicha taqsimlash jarayonini yakunlamoqchi. Bu haqda Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Natasha Berto ma'lum qildi.

"Biz qochqinlarni ko‘chirib o‘tkazish jarayonini 2017 yil oxirigacha yakunlashni mo‘ljallamoqdamiz", deb aytdi va Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari Bryusselda kelishilgan kvotalarga muvofiq muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishiga umid bildirdi.

Oktyabr oxiridagi ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘ziga a'zo davlatlar bo‘ylab Italiya va Gretsiyadagi qochqinlar lageridagi 5,3 ming muhojirni qonuniy tarqata oldi. Vaholanki 2015 yilda kelishilgan kvota bo‘yicha 160 ming qochqin ko‘chirib o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birga 2015 yilning o‘zida Yevropa Ittifoqi chegarasini 1,8 mln dan ko‘proq odam noqonuniy kesib o‘tgan. 

 

Mavzuga oid
Top