Amerikaning Freedom House nodavlat taşkiloti Freedom on the Net 2016 hisobotini taqdim etdi. Tadqiqotga köra, internet-foydalanuvçilarning 67 foizi hukumat, harbiylar va hukmron elita tanqidi senzura hisoblanadigan mamlakatlarda yaşaydi. Bu haqida Freedom House'ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Bir yil avval bu körsatkiç 61 foizdan kamroqni taşkil qilar edi. Tadqiqotda ta'kidlanişiça, senzura darajasining kötarilişi asosan bir qator mamlakatlarda ma'lumotlarni uzatişda şifrlaşni qöllovçi messenjerlaridagi (WhatsApp va Telegram) bloklaş tizimi tufayli sodir böldi. WhatsApp 12 mamlakatda taqiqlangan, Telegram esa - 4 mamlakatda.
Freedom House ma'lumotlariga köra, 27 foiz tarmoq foydalanuvçilari joylaştirilgan postlar, ularni boşqalar bilan örtoqlaşiş va hattoki "layk"lar uçun panjaraga ortiga tuşiş mumkin bölgan mamlakatlarda yaşaydilar. Xususan, 2015 yilda misrlik talaba mamlakat prezidenti Abdul Fattoh Halil As-Sisiyning suratiga fotoşopda Mikki-Mausning quloqlari çizilgan tasvirni joylaştirgani uçun 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Tadqiqot 2015 yilning iyunidan internet-foydalanuvçilarning 88 foizi istiqomat qiladigan 65 mamlakatda ötkazildi. Freedom House'ning baholaşiça, 17 mamlakatda internet - erkin. Yetakçilar beşligida - Estoniya, Islandiya, Kanada, AQŞ va Germaniya mamlakatlari qayd etilgan.
Interneti "noerkin" bölgan mamlakatlar soni esa - 20ta. Eng yomoni, Freedom House fikriça, internetdagi senzuralarga duç kelgan mamlakatlar orasida Xitoy, Suriya, Eron, Efiopiya va Özbekiston nomlari qayd etilgan. Bu röyxatdan şuningdek Rossiya, Qozoğiston va Belarus mamlakatlari örin olgan.












