Tramp Oq uy apparati rahbarini aniqlab oldi
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi rahbari Rins Pribasni Oq uy apparati rahbari lavozimiga tayinlashga qaror qildi.
O‘ng kayfiyatdagi yangiliklar sayti Breitbart News noshiri Stiv Bennon prezidentning katta maslahatchisi lavozimini egallaydi. Trampning saylovoldi kampaniyasiga rahbarlik qilgan Bennon shuningdek, ma'muriyatning strategik masalalar bo‘yicha bosh maslahatchisi ham bo‘ladi.
"Men, muvaffaqiyatli jamoam mamlakatimizni boshqarishni davom ettirishidan xursandman. Stiv va Rins — yuqori malakali yetakchilardir, ular birgalikda ishlab, tarixiy g‘alabaga olib kelishdi. Endilikda, ularning ikkisi ham men bilan Oq uyda birga bo‘ladi va biz Amerikani yana buyuk davlat qilish uchun birga ishlaymiz", —deb bayonot bergan Tramp.
Oq uy apparati rahbari Amerika bosh ma'muriyatida, ta'bir joiz bo‘lsa, kadrlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi shaxsdir. Pribasning bu lavozimga tayinlanishi, Trampning partiya rahbariyati bilan jiddiy hamkorlik qilish niyatini anglatadi.
8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachilar partiyasi prezidentlik lavozimini qo‘lga kiritishdan tashqari, AQSh Kongressining ikkita palatasidagi nazoratni ham saqlab qoldi. Bir necha oydan so‘ng, partiyaning nomzodi Oliy suddagi bo‘sh o‘rinni ham egallashi kutilmoqda. Shu bilan partiya ijro, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari ustidan to‘liq o‘z nazoratini o‘rnatadi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024