20:23 / 14.11.2016
6341

Ukraina milliy politsiyasi boshlig‘i iste'fo berdi

Ukraina milliy politsiyasi boshlig‘i Xatiya Dekanoidze lavozimini tark etishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar tarqatgan.

«Men va'da berganimdek 1 yil davomida yangi milliy politsiya uchun asos qurdim. Ammo, afsuslar bo‘lsinki, mening vakolatlarim muhim o‘zgarishlar amalga oshirish uchun yetarli emas. Mening vazifam yakunlandi, shu tufayli iste'fo beraman», — degan u.

Dekanoidze yaqin vaqt ichida milliy politsiyaga yangi rahbar topish uchun ochiq tanlov o‘tkazilishini ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq Lvov sudi ukrain tiliga e'tiborsizligi uchun Dekanoidzeni javobgarlikka tortishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

Top