08:10 / 14.11.2016
9225

Jyeko raqibining shortigini yechgani uchun maydondan chiqarib yuborildi

2018 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi 4-turida Gretsiya hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda futbolchilar ishtirokida kichik mojaro yuz berdi.

Voqea 75-daqiqada bosniyaliklar hujumchisi Edin Jyeko raqib jamoa himoyachisi Sokratis Papastatopulos bilan bahslasha boshlaganda yuz berdi. Sokratis Jyekoni maydonga yiqitib, uning qo‘lidan to‘pni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Edin bunga javoban raqibining shortigini pastga tortdi. Shundan keyin jamoalarning qolgan a'zolari ham mojaroga aralashishdi. Oqibatda Jyeko ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Gretsiya himoyachisi Kiriakos Papadopulos hakam qo‘lidan kartochkani yulib olmoqchi bo‘lgani uchun qizil kartochka bilan jazolanib, u ham o‘yindan chiqarib yuborildi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Asosiy vaqtda ortda qolayotgan greklar qo‘shimcha vaqtning 5-daqiqasida kiritgan gollariga evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top