11:41 / 15.11.2016
5469

2015 yilda amerikalik musulmonlarga nisbatan jinoyatlar soni keskin oshgani ma'lum qilindi

Foto: © Fotolia

O‘tgan 2015 yilda diniy murosasizlik negizida musulmonlarga nisbatan jinoyat sodir etish hollari 2014 yil bilan taqqoslaganda 67 foizga o‘sgan. AQSh Federal qidiruv byurosining 14 noyabrda e'lon qilgan yillik hisobotida so‘z yuritilgan. 

Bunda, ko‘rolmaslik, hasad bilan bog‘liq jinoyatlarning umumiy soni 6,8 foizga ortib, 2014 yilgi 5479dan 5850gacha oshgan. Ulardan 257tasi musulmonlarga nisbatan sodir etilgan. 2014 yilda bu raqam 154tani tashkil etgan. 

Ta'kidlanishicha, umuman o‘tgan yilgi shu turdagi jinoyatlarning 57 foizi irqiy va etnik mazmunga ega bo‘lgan. Ularning 53 foizi qora tanlilarga nisbatan, 19 foizi oq tanlilarga qarshi sodir etilgan. Mazkur jinoyatlarning tergov ishlarida huquq-tartibot idoralarining 15 mingga yaqin xodimi ishtirok etgan. 

Umuman, Politico nashrining yozishicha, o‘tgan yili AQShda 892ta radikal kayfiyatdagi turli guruhlar faoliyat yuritgan. 
 

Top