Jahon | 11:01 / 15.11.2016
5273
1 daqiqa o‘qiladi
Gambiya Xalqaro jinoyat sudidan chiqishini ma'lum qildi
Gambiya Haagadagi Xalqaro jinoyat sudidan (XJS) chiqishga rasman tayyorlanmoqda. Bunga Afrika davlatlarining tribunalga pora berish ishlari sabab bo‘lgan.
BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra, Gambiyaning XJSdagi a'zoligi 2017 yilning 10 noyabr kuni nihoyasiga yetadi.
Endilikda Gambiya o‘z qit'asi ichida XJSni tark etgan uchinchi mamlakat bo‘ladi. Bunga qadar tashkilotdan JAR va Burundi chiqib ketgan edi.
Gambiya axborot vaziri Sheriff Bodjang XJS afrikaliklar va ularning rahbarlarini kuzatmoqda, G‘arbning qilayotgan jinoyatlari esa e'tibordan chetda qolyapti, deb hisoblamoqda.
XJSning amaldagi prokurori Gambiya vakili Fatu Bensuda hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:22 / 16.12.2024
JAR XJS orderi tufayli Putinni G20 sammitiga taklif qilmaydi
14:40 / 14.12.2024
Litiyga talab oshgani ortidan Nigeriyadagi konlarda bolalar mehnatidan foydalanilmoqda
10:30 / 12.12.2024
Davlat dumasi XJSga RFda tergov o‘tkazishni taqiqlamoqchi
17:18 / 28.11.2024