Xitoy kuchli magnit maydonlarini yaratish uchun kuchliligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi gibrid magnitni yaratdi. Bu haqida Sinxua agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, magnit intensivligi - 400 ming gauss yoki 40 Tesla. Ushbu magnitni yaratish uchun sakkiz yil sarflandi, u Xitoy fanlar akademiyasi qoshidagi Xefey instituti tomonidan ishlab chiqqarildi.
Dunyodagi eng kuchli gibrid magnit Florida shtatida joylashgan Kuchli magnit maydonlari milliy labaratoriyasidagi Amerika magniti hisoblanadi. Uning intensivligi 45 Teslaga baholanadi.