2014 yil dekabr oyida qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida 2016 yil 24 sentabrdan ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Internet tarmog‘idagi elektron qabulxonasi mazkur qonun ijro etilishini jadallashtirishga qaratilgan zamonaviy va o‘ziga xos yondoshuv bo‘ldi.

Murojaatlar bilan ishlash tizimini davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida yanada takomillashtirish maqsadida 2016 yil 27 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto:qishloqqurilishbank.uz

Aktsiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” tizimida ham jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur masala bank Boshqaruvining qator majlislarida muhokama qilinib, bank tuzilmalarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bank markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Ishchi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Qishloq qurilish bank” tizimida murojaatlar bilan ishlashning sifati va natijadorligini oshirish maqsadida bank Boshqaruvi qaroriga asosan yangi tuzilma - Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilindi. Mazkur boshqarmaga tegishli shtat birliklari ajratilib, ularga malakali kadrlar ishga jalb etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasiga:

- jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga so‘zsiz rioya qilinishini ta'minlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasidan tushayotgan har bir murojaatni amaliy hal etish choralarini ko‘rish hamda ularning ijrosini har kuni tanqidiy muhokama qilib borish;