08:00 / 15.11.2016
4466

Mogerini: Yevropa Ittifoqi Yevropa armiyasi tuzishni rejalashtirmayapti

Foto: © AP

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Yevropaning mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha rejasi Yevropa armiyasi, Yevropa shtab tuzilmalari yoki Yevropa Ittifoqining hududiy mudofaasini ta'minlash uchun qaratilmaganini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, u bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha aytdi. 

"Yevropaning mudofaa va xavfsizlik rejasi Yevropa armiyasini tuzish uchun qaratilmagan. NATO hattoki o‘z armiyasiga ham egamas. Gap NATOning SHAPE kabi shtab tuzilmasini yaratish yoki Yevropa Ittifoqining hududiy mudofaasini ta'minlash haqida ketmayapti", deb ta'kidlab o‘tdi Mogerini.

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropada alohida armiya yaratish taklifi bilan chiqqandi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lgandan keyin AQShga uzoq muddatli istiqbolda ishonch bildira olmaydi.

 

Mavzuga oid
Top