17:49 / 16.11.2016
9158

“16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2016 yil “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan turli diniy konfessiya rahbarlari hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekistonda din sohasining turli jihatlari keng yoritildi. Jumladan, har yili respublika Hukumati ko‘magi ostida o‘zbekistonliklar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Yurtimiz musulmonlari Makka va Madina shaharlariga Haj va Umra ibodatlarini ado qilish, xristianlar Rossiya, Gretsiya, yahudiylar Isroilga borib ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar.

Bulardan tashqari, tadbirda din sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning boshqa jihatlari, shular qatorida diniy ta'lim, tarixiy obidalar, masjid, madrasa va noislomiy diniy konfessiya ibodatxonalarining qayta tiklanishi hamda boshqalar ham keng yoritildi.

Tadbir doirasida mustaqillik yillarida chop etilgan diniy-ma'rifiy mazmundagi adabiyotlar, qo‘llanma va darsliklar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Top