15 noyabr tuni va 16 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 1400 ming tonnadan ziyod mahsulotlarni eksportga chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi
Toshkentda birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘z nihoyasiga yetdi. Yarmarka ishida 33 ta xorijiy davlat kompaniyalari, savdo tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi vazirliklari, logistika kompaniyalarining 300 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
>>> Batafsil.
Eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlari reytingi e'lon qilindi
Statista tadqiqot markazi tomonidan eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari to‘g‘risida ma'lumot e'lon qilindi.
>>> Batafsil.
Pora olishda ushlangan Ulyukayevga uni kuzatib turish uchun elektron bilaguzuk taqiladi
16 noyabrda Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevga uni uy qamog‘ida bo‘lishi vaqtida kuzatishga imkon beruvchi elektron bilaguzuk (braslet) taqiladi.
>>> Batafsil.
Putin va Nazarboyev Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi va Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.
>>> Batafsil.
Poroshenko Trampni Ukrainaga taklif qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.
>>> Batafsil.
WhatsApp'da videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ldi
WhatsApp messenjeri iOS, Android va Windows platformalarida videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini joriy qilmoqda.
>>> Batafsil.
AQShda 1,6 mln km yurgan Porsche topildi
Amerikalik Gay Nyumark o‘zining Porsche 356 avtomobilida 1 million mil (1,6 million km) yurishga muvaffaq bo‘ldi. U kupedan har kungi ehtiyoji uchun foydalansa-da, avtomobil o‘zining ajoyib texnik holatini saqlab qolgan.
>>> Batafsil.
Jyerrard «Los-Anjyeles Gelaksi»dan ketishini ma'lum qildi
MLS vakili «Los-Anjyeles Gelaksi» klubi yarimhimoyachisi Stiven Jyerrard klubdan ketishi haqida e'lon qildi.
>>> Batafsil.
O‘g‘il o‘z onasidan xotini sabab ranjidi, shunda Alloh undan ranjidi
Keksa ayol o‘g‘li va kelini bilan bir hovlida yashar edi. Bir kuni o‘g‘il ishdan kelsa, xotinning avzoyi buzuq. Buning sababini so‘ragan edi, onasining ustidan shikoyat qilib, anchagina yomon gaplarni gapirdi. O‘g‘il bunday so‘zlarni ko‘p eshitgan bo‘lsa-da, bu safar toqat qila olmadi.
>>> Batafsil.