13:12 / 16.11.2016
7069

Hindiston TIV rahbari buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: © RIA Novosti

Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan gospitalda yotgani va buyrak ko‘chirib o‘tkazish imkoni bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgani haqida xabar berdi. Bu haqida PTI agentligi Hindiston tibbiyot fanlari institutidagi manbasiga asoslanib, ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Svaraj so‘nggi 20 yilda diabetdan aziyat chekib keladi, bu esa buyraklar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmay qolmadi. 

"Men buyrak yetishmovchiligi sabab AIIMS'ga joylashdim. Hozirgi vaqtda dializ uskunasidaman. Buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha testdan o‘tyapman", - deb yozdi vazir o‘zining Twitter'dagi sahifasida. 

Sushma Svaraj hukmron "Janat Parti Bxartiyasi" partiyasining yetakchi siyosiy arbobi hisoblanadi. U o‘zining siyosiy faoliyatini talabalik yillaridayoq boshlab yuborgan, 25 yoshida Xaryan shtati hukumati tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Bir necha marotaba mamlakat parlamentiga saylangan, 1998 va 2000-2004 yillarda hukumat tarkibida bo‘lgan. 

2014 yilda Sushma Svaraj tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 
 

Top