16 noyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters agentligi guvohlarga asoslanib xabar tarqatgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, xudkush terrorchi portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan mototsiklda Afg‘oniston xavfsizlik xizmati vakillari ketayotgan avtomobilga borib urilgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmayapti.
Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi.