19:12 / 16.11.2016
8425

«MYu» futbolchisi: Men Mourinoni tushunmayapman

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Matteo Darmian bosh murabbiyi Joze Mourino unga nega ishonch bildirmayotgani haqida gapirib o‘tdi.

Murabbiy uni transferga qo‘ymoqchi, italiyalik ushbu futbolchiga «Inter» tomonidan qiziqish mavjud, ammo Matteo ketish haqida o‘ylamayapti.

«Men bilmayman, Mourino nima uchun menga ishonmayapti. Bu qiyin savol. Qarorni murabbiy qabul qiladi, biz bunga ko‘nishimiz kerak. Men mashg‘ulotlarda tinim bilmay ishlayapman. O‘yin amaliyoti yo‘qligi ruhiy ta'sir ko‘rsatadi. Birinchi kundayoq men asosiy tarkibga munosibligimni isbotlashga harakat qilib kelmoqdaman. Meni transferga qo‘yish haqida gapirishga hali erta. Men Manchesterga qaytishim va «Arsenal»ga qarshi o‘yin haqida qayg‘urishim kerak», — deya Darmianning so‘zlarini keltirgan ESPN FC.

«Manchester Yunayted» — «Arsenal» bahsi 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top