23:47 / 16.11.2016
5440

Saudiya Arabistoni tabiiy gaz qazib olish hajmini ikki marotabaga oshirmoqchi

Saudiya Arabistoni toza energetikaga investitsiyalarni hamda tabiiy gaz olishni ikki marotabaga oshirmoqchi. Bu haqda Marokashda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqlim anjumanida Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va ma'danli zaxiralar vaziri Xolid ibn Abdul Aziz al-Falah ma'lum qildi.  

"Biz "toza energiya"ning barcha ko‘rinishlariga investitsiyalarni oshirmoqchimiz va bu sohada tadqiqot olib bormoqchimiz. Biz tabiiy gaz ishlab chiqarishni ikki marotabaga oshirmoqchimiz, shu bilan birga elektr energiya ishlab chiqarishda neftga kamroq ishonch bildiramiz, asosan tabiiy gaz, atom energiyasi va imkoniyatga ko‘ra, tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanamiz", deb ta'kidlab o‘tdi al-Falah.   

Al-Falah Saudiya Arabistoni iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yangi energiya jadal sohalarni rivojlantirish bo‘yicha katta rejalarga egaligini ta'kidlab o‘tdi. "Biz zararli chiqindlilarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanlik bo‘yicha o‘z dasturlarimizda Parij kelishuvini hisobga olmoqchimiz. Biz iqtisodiyot neftga bunday darajada ishonib qolmasligi maqsadida iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqdik", deb aytdi Al-Falah.

 

Top