Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar pasport bo‘limlari biometrik pasport bo‘yicha qabullarni to‘xtatdi
Toshkent shahri tumanlarining pasport beruvchi bo‘limlari qabullarni to‘xtatgan va biometrik pasportga suratga olish ishlari amalga oshirilmayapti.
O‘zbekiston IIV Toshkent shahar Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimi Kun.uz saytiga shu haqda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, biopasportni tayyorlash uskunalari profilaktikasi, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shunday qaror qabul qilingan. Profilaktika ishlari shaharning barcha tumanlarida olib boriladi va 11 dekabrda yakunlanadi.
Shahar fuqarolari 12 dekabrdan e'tiboran pasport masalasida tuman bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:51
Toshkentda qurilishdan tushgan to‘lovlar avvalo yashil hududlarga yo‘naltiriladi
17:44 / 25.02.2026
Toshkentda 1 gektargacha bo‘lgan kichik va zich qurilishlar amaliyotidan voz kechilishi mumkin
08:44 / 23.02.2026
Kattaqo‘rg‘onda hibsxonada saqlangan fuqaro vafot etdi, IIV rasmiy izoh berdi
18:56 / 22.02.2026