O‘zbekiston Qrim masalasi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini qabul qilishga qarshi ovoz berdi
Ukraina BMT Bosh Assambleyasi 3-qo‘mitasida Qrimdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni qoralovchi hamda Rossiyani yarimorolga xalqaro kuzatuvchilarni kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilinishiga erishdi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.
Hujjatni 73 mamlakat, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va YeI mamlakatlari ma'qullagan. 23 davlat, jumladan Rossiyadan tashqari, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Venesuela, Xitoy, KXDR, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Serbiya va Suriya qarshi ovoz bergan. 76 mamlakat, Qirg‘iziston va Tojikiston ham betaraf qolgan.
4 sahifali hujjatda, "Qrim aholisiga nisbatan inson huquqlari buzilayotgani, ularning kamsitilayotgani", xususan "qrim-tatarlar, ukrainlar hamda boshqa etnik va diniy guruhlar a'zolari ta'qiblarga uchrayotgani" aytiladi. Unda, shuningdek, Rossiya hukumatini "Qrim aholisiga nisbatan barcha tahqirlovchi holatlar va inson huquqlarining buzilishiga barham berish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rish"ga chaqiruvchi hamda "yarimoroldagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni kuzatish bo‘yicha xalqaro missiyalarga ruxsat berish"ga undovchi bandlar mavjud.
Bundan tashqari, rezolyutsiya RF Oliy sudi tomonidan 2016 yil 26 aprelda qabul qilingan qarorni "bekor qilish"ni talab qilgan. Rossiya Oliy sudi o‘sha qarori bilan "Qrim-tatar xalqi majlisi" jamoat tashkilotini ekstremistik, deb topgan va Rossiya hududida taqiqlagan edi.
Mavzuga oid
20:40
Google xaritalardan Ukrainadagi harbiy obektlar tasvirini olib tashladi
17:39
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
09:47
OAV: Ukraina birinchi marta Kaspiy dengizidagi RF kemalarini nishonga oldi
11:29 / 06.11.2024