12:26 / 17.11.2016
5806

Yaponiyaliklar AQSh aviabazasi ustidan sudga da'vo kiritishdi

Foto: © RIA Novosti

Yaponiyaning Okinava prefekturasi Naxa shahar okrug sudi AQSh HHKning tumandagi Futemma bazasidan samolyotlar uchishini taqiqlash borasidagi da'vosini rad etdi. Sud, bundan tashqari, baza atrofida yashovchi aholiga u yerdagi shovqin uchun 2,45 mlrd iyen (22,6 million dollar atrofida) tovon puli to‘lashni Yaponiya hukumatiga yuklagan.

“Kiodo” agentligining ma'lumotiga ko‘ra, kollektiv da'voni aviabaza atrofida yashovchi kamida 3,4 ming kishi kiritgan. Da'vogarlarning tasdiqlashicha, samolyotlarning shovqini u yerdagilarning salomatligiga sabab bo‘lmoqda. 

Bundan tashqari, AQSh qiruvchi samolyotlari bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy aviahalokatlar ruhan xotirjamsizlik va hissiy notinchlikni keltirib chiqarmoqda. Da'vogarlar tovon puli sifatida 10 milliard iyen (91,34 million dollar atrofida) talab etishgan. 
 

Top