Obama va Merkel qo‘shma maqola yozishdi
AQSh prezidenti Barak Obama Germaniya kansleri Angela Merkel bilan hammualliflikda maqola chiqardi. U WirtschaftsWoche jurnalida chop etilgan.
Siyosatchilarning unda ta'kidlashlaricha, endilikda, «globallashuvgacha bo‘lgan dunyo»ga qaytishning imkoni yo‘q. Merkel va Obamaning fikricha, nemislar va amerikaliklar «ikki mamlakat qadriyatlari va g‘oyalariga mos keluvchi globallashuv»ni barpo etishga urinishlari lozim.
AQSh va Germaniya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini, Donald Tramp g‘alabasidan keyin ham saqlab qolish muhimligini qayd etishgan.
Merkel va Obama o‘z mamlakatlarining, dunyoning barcha davlatlari bilan birga global isishga qarshi kurashni nazarda tutuvchi Parij iqlim kelishuvi shakllanishidagi tutgan o‘rnini e'tirof etishgan.
«Biz birga ishlaganimizda, kuchliroqmiz. Global iqtisodiyot har qachongidan ham tezroq rivojlanayotgan bugungi kunda, ... bu hamkorlik yanada muhimdir», — deyiladi siyosatchilarning qo‘shma maqolasida.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024