11:49 / 17.11.2016
4179

Peru politsiyasi yirik miqdorda kokainni qo‘lga oldi

Foto: © AFP

Peru politsiyasi mamlakatning Boliviya bilan chegarasida 19 ta yuk mashinasini hibsga oldi. Transport vositalarida, toshko‘mir ko‘rinishida kokain yashiringani taxmin qilinmoqda. 

"Oltita yuk mashinasidagi yuklarning kimyoviy tahlili, ularning kokain ekanini tasdiqladi. Hozirda, biz qolgan 13ta mashinadagi yuklarni tahlil qilmoqdamiz, natijalar yaqin kunlarda ma'lum bo‘ladi", — degan polkovnik Sesar Valexos Assoshieyted Press agentligiga. 

Yuk transport vositalarini ushlash bo‘yicha maxsus amaliyot Boliviya bilan chegaradosh hududlarda amalga oshirilgan. Unda bir nafar perulik va besh boliviyalik ushlangan. Ular giyohvand moddalar savdosiga aloqador bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, shu paytga qadar bir amaliyot chog‘ida Peruda 7,6 tonna kokain musodara qilingan. 2014 yilgi ushbu natijada ham kokain toshko‘mir sifatida niqoblangan bo‘lgan. 

Top