19:31 / 17.11.2016
32610

O‘zbekiston terrorizm xavfi pastligi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda

Foto: Guardian

London iqtisodiyot va tinchlik instituti 16 noyabr kuni Global Terrorism Index (GTI) nomi bilan terrorizm bilan bog‘liq global jarayonlar va ko‘rsatkichlar tahlilini e'lon qildi.

Tahlilda dunyo mamlakatlarida terrorchi tashkilotlar faolligi bo‘yicha reyting tuzilgan bo‘lib, undan jami 163 mamlakat o‘rin olgan. Tadqiqot sayyora aholisining 99,7 foizini qamrab olgan. Tahlil jarayonida teraktlar soni, o‘lim miqdori, qurbonlar soni va moddiy ziyon darajasi inobatga olingan.

Reytingda O‘zbekiston 117-o‘rinda ko‘rsatilgan. O‘zbekistonga 10 balli shkalada 0,154 ball berilgan.  Bu esa mamlakatda terrorizm xavfi minimal darajada ekanini ko‘rsatadi.

Markaziy Osiyo davlatlari qatorida terrorizm xavfi nisbatan yuqori bo‘lgan davlat - Tojikiston. Bu davlat 56-o‘rinda joylashgan. Tadqiqotda keltirilishicha, o‘tgan yilda bu mamlakatda ro‘y bergan terroristik aktlar oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Moddiy talofatlar miqdori aniqlanmagan.

Markaziy Osiyodagi terrorizm xavfi eng minimal bo‘lgan davlat - Turkmanistondir. Bu davlat reytingda 130-o‘rinda joylashgan. Qozog‘istonning bu reytingdagi o‘rni - 94-o‘rin, Qirg‘izistonniki - 84. Rossiya 30-o‘rinda, Ukraina 17-o‘rinda joylashgan. MDHning boshqa mamlakatlarida holat esa quyidagicha - Gruziya (87), Ozarboyjon (106), Armaniston (108), Belarus (86) Moldova (129).

Tekshiruvda qayd etilishicha, 2015 yili dunyoda teraktlar qurbonlari soni 1 yil oldingiga nisbatan 10 foizga kamayib, 29,4 ming kishini tashkil qilgan. O‘z navbatida rivojlangan mamlakatlarda teraktlar qurbonlari soni 650 foizga o‘sib, 731 nafarga yetgan. Terrorizmdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlar - Iroq (6969 kishi), Afg‘oniston (5312), Nigeriya (4940), Pokiston (1086) va Suriya (2761) bo‘ldi. Bu 5 mamlakatlarga butun dunyo hisobi bo‘yicha terakt qurbonlarining 72 foizi to‘g‘ri keladi.

Ushbu reytingda Fransiya 29, Xitoy 23, Belgiya 88, Avstraliya 59, Germaniya 41, Hindiston 8, Eron 47, Saudiya Arabistoni 32, AQSh 36 o‘rinda qayd etilgan. 
Turkiya 17, Xitoy 25, Buyuk Britaniya 27, Eron 28, AQSh 30, Ukraina 51, Belorussiya 53, Saudiya Arabistoni 55, Fransiya 56, Italiya 62, Qozog‘iston 65, Tojikiston 68, Germaniya 83, Kanada 84, Avstraliya 95-o‘rinlarda ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid
Top