Frantsuz maxsus topshiriqli harbiylari o‘zlari tomon yurib kelayotgan, ichiga portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobilni masofadan turib portlatishdi. Bu hodisa Suriyaning Raqqa shahri yaqinida ro‘y bergan.

Avvaliga bu avtomobil kurd askarlari tomonidan o‘qqa tutilgan, shundan so‘ng fransuz harbiylari unga tomon Milan majmuasidan o‘q uzishgan. Lekin urinishlar besamar ketgan. Frantsuzlar ikkinchi urinishdagina Javelin snaryadlari orqali xudkush terrorchi avtomobilini yo‘q qilishga erishgan.