“Özgidromet”ning xabar berişiça, 19 noyabr kuni Özbekistonda havo harorati keskin sovib ketadi.
Ma'lumotlarga köra, 19 noyabrdan 21 noyabrga qadar mamlakat böylab yomğir va qor yoğişi kutiladi. Şamol tezligi sekundiga 17-22 metrga yetadi.
21 noyabr kuni havo harorati Tselsiy böyiça keçasi −2…−7 darajagaça, kunduzi esa −2…+3 gaça tuşib ketadi. Şimoliy hududlarda esa havo darajasi keçasi −13…−18 gaça, kunduzi −3…−8 darajagaça pasayadi.
Quruq va sovuq havo 27 noyabrga qadar davom etişi kutilmoqda.












