Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Peru kuchlari tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi
Foto: © AP
AQSh va Peru maxsus xizmatlari Peru poytaxti Limada o‘tkazilgan operatsiya davomida tarixdagi eng yirik miqdordagi qalbaki dollarlarni musodara qilishdi. Bu haqda AQSh maxfiy xizmati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, umumiy hisobda 30 mln qalbaki dollar hamda 50 mingdan ko‘proq qalbaki yevro musodara qilingan.
1,5 mingdan ko‘proq perulik politsiyachi va AQSh maxfiy xizmati agentlari ishtirok etgan operatsiya davomida qalbaki AQSh dollarlarini tayyorlovchi 6 ta yashirin korxona hamda pullar bosiladigan 8 ta stanok yo‘q qilingan. 15 noyabrda o‘tkazilgan operatsiya natijalariga ko‘ra 48 kishi hibsga olingan.
AQSh maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, Peru hozirda eng yirik miqdorda qalbaki dollar ishlab chiqariluvchi davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025