Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLda oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte premer-liganing oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Mazkur oyda londonliklar ketma-ket 4 g‘alabani qo‘lga kiritdi: «Hall Siti» (2:0), «Lester» (3:0), «Manchester Yunayted» (4:0) va «Sauthempton» (2:0).
«Bu men uchun katta faxr. Bu sovrinni shogirdlarim va butun jamoa bilan bo‘lishgan bo‘lardim. Birinchi marta butunlay boshqa mamlakatda, boshqa madaniyat mavjud hududda ishlamoqdaman. Bunday paytda o‘z falsafangni singdirish qiyin kechadi. Ammo hammasi yaxshi davom etayotganidan xursandman», — deya Kontening so‘zlaridan iqtibos keltiradi APL rasmiy sayti.
11 turdan keyin «Chelsi» APL jadvalida 25 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda joylashgan. Peshqadam «Liverpul»dan jamoa 1 ochko ortda qolmoqda.
Mavzuga oid
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
13:00 / 01.12.2025
«Real» peshqadamlikni boy berdi, «Arsenal» ham ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
16:06 / 29.11.2025
Londonda derbi, Italiyada peshqadamlar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
13:13 / 26.11.2025