20:20 / 18.11.2016
8936

Fotojamlanma: «Lokomotiv»ni chempionlik bilan taqdirlash marosimi

Oliy liganing 29-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Lokomotiv» va «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin O‘zbekistonning yangi chempionini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Taqdirlash marosimi uchun maydonda maxsus sahna yasaldi. «Lokomotiv» futbolchilari tilla rangdagi futbolkalarni kiyishdi. Barcha o‘yinchilar, murabbiylar, klub rahbariyati sahnaga taklif etilishdi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov, O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev va O‘zbekiston temiryo‘llari AJ rahbari J.Ramatov chempionlik kubogini jamoa sardori Temur Kapadzega topshirdi.

Shundan so‘ng mushaklar otildi, We are the Champions musiqasi yangradi va chempionlik nishonlandi.

 

Top