09:28 / 18.11.2016
21249

Imzo Akfa hamkorlari uchun birinchi savdo uyi ochildi

2016 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston xususiy tadbirkorlari uchun muhim hodisa bo‘lib o‘tdi – Imzo Akfa hamkorlari uchun birinchi savdo uyi ochildi. Maxsus jihozlangan inshoot tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarning to‘liq assortimenti, qo‘shimcha materiallar va hatto qurilish aksessuarlari hamda kompaniya hamkorlari uchun maxsus kiyimlarni o‘zida jamlagan. 

Savdo uyi yakka tartibdagi tadbirkorlar qulayligi va ularga ishonchli hamkorlik ko‘rsatish uchun yaratildi. Har bir hamkor o‘z mijozlariga uy uchun tayyor yechimlar, to‘liq assortimentdagi butlovchi qismlarni namoyish etish, kredit olish va shartnoma imzolash imkonini qo‘lga kiritadi. 
 

Tadbirkorlar va mijozlar hamkorlik qiluvchi ochiq maydon shaxsiy ShOU-RUM jihozlariga ketadigan xarajatlarni qisqartirish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan batafsil tanishish,  hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish, biznesni yuqori darajada yuritish uchun qo‘shimcha materiallarni qo‘lga kiritish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar servisiga diqqatni qaratish imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, ImzoAkfa’ning hamkorlarga mo‘ljallangan savdo uyi bu biznes sub'yektlari uchun ulkan shou-rumdir, asosiy maqsad – O‘zbekistonda yuqori sifatli tovarlar va xizmatlarni taqdim etish. 
 

Hamkorlar uchun ImzoAkfa savdo uyining tantanali ochilishga 200 nafardan ortiq mehmon – qisqa muddatli hamkorlik davomida birgalikda ish olib borishning samaradorligini to‘liq his qilishga ulgurgan kichik va o‘rta biznes vakillari taklif etildi. Ularning eng faollari quyidagi nominatsiyalarda mukofotlarni qo‘lga kiritishdi: eng talabchan, eng ishbilarmon va eng mehnatkash hamkor. 
 

Ishlab chiqarishning yuqori texnologik avtomatlashtirilgan liniyalarini joriy etish tufayli milliy mahsulot sifati g‘urur bilan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” deyish imkonini beradi. ImzoAkfa yaxshi niyat bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni qadrlaydi va asosiy maqsadi Iste'molchiga haqiqatdan ham yuqori sifatli mahsulotni  yetkazish uchun barcha ishbilarmonlarga hamkorlikni taklif etadi. Faqat birlashibgina Iste'molchining ehtiyojini maksimal darajada samarali qondirishga erishish mumkin. 
 

Imzo Akfa  savdo uyi manzili: Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko‘chasi, 1-a uy
Xush kelibsiz! 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top