20:38 / 18.11.2016
11966

Qozog‘istonning yangi vazir o‘rinbosari mansabdor shaxslar haqidagi tasavvurni o‘zgartirmoqda

Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazir o‘rinbosari Arman Ramazonov sport bilan faol shug‘ullanadi va sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. Ramazonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam ravishda o‘z suratlari bilan bo‘lishadi. Nur.kz nashri shu haqida hikoya qildi

Qozog‘iston respublikasining yangi mudofaa va aerokosmik vazir o‘rinbosari 1978 yilning 18 fevralida Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Ust-Kamenogorskda tavallud topgan. 

Arman Ramazonov 3 oliy ma'lumotga ega - 2000 yilda u Sharqiy Qozog‘iston texnika universitetining muhandislik fakultetini tugalladi. 2002 yilda esa u Qozoq davlat yuridik akademiyasini tamomladi. 

2004-2006 yillarda Amanjolova nomidagi Sharqiy Qozog‘iston davlat universitetida moliya ixtisosligi bo‘yicha ta'lim oldi. 

2016 yilning aprelida Arman "Iron man" musobaqasida I o‘rinni egalladi. Bu haqida uning Facebook'dagi sahifasidan bilib olish mumkin. 

FOTO: FACEBOOK / ARMAN RAMAZANOV

Undan avval esa Ramazonov "Crossfit" musobaqasida g‘alaba qozongan. 

FOTO: FACEBOOK / ARMAN RAMAZANOV

Vazir o‘rinbosari shuningdek xorijiy safarlaridan ham suratlar bilan bo‘lishadi. U Litva, Avstriya, Turkiya va Xitoy mamlakatlarida bo‘lgan. 

FOTO: FACEBOOK / ARMAN RAMAZANOV
FOTO: FACEBOOK / ARMAN RAMAZANOV
FOTO: FACEBOOK / ARMAN RAMAZANOV
FOTO: FACEBOOK / ARMAN RAMAZANOV

 

Mavzuga oid
Top