Lola Karimova-Tillayeva “Feysbuk”dagi rasmiy sahifasida onasi hamrohligida Özbekistonning birinçi Prezidenti Islom Karimovning Oqsaroydagi iş kabinetiga borgani haqida yozdi.
“Yurtimizning birinçi Prezidenti olamdan ötganlariga ikki yarim oy böldi. Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylaştiriş maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvçi jamoatçilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond öz oldiga Özbekistonning birinçi Prezidenti xotirasiga bağişlangan muzeyni taşkil qiliş va Vatanimiz mustaqilligining asosçisi töğrisida maqola va asarlar naşr etişni maqsad qilib olgan”, deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

“Fondning birlamçi vazifalaridan biri mamlakatimiz hamda horijda Özbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini tarğib qilişga möljallangan dasturlarni amalga oşirişdan iboratdir.
Islom Karimov Fondi tomonidan yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirişga, oliy öquv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oşirişga yönaltirilgan turli ilmiy-ma'rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oşiriladi. Uşbu dasturlar doirasida Islom Karimov Fondi iste'dodli yoşlarga mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning eng ilğor oliy öquv yurtlarida ta'lim olişlari uçun grantlar taqdim etadi. Mamlakatimizda ilm-fanning taraqqiyotiga hissa qöşiş maqsadida Fond tomonidan ilmiy tadqiqot dasturlariga ham grantlar ajratiş közda tutilgan.
Şuningdek, Islom Karimov Fondi öz faoliyatida özbek tilini rivojlantirişga alohida ahamiyat berişni öz oldiga maqsad qilib olgan. Fond tomonidan özbek klassik hamda zamonaviy yozuvçilar asarlarini çet tillarga tarjimasi va naşri uçun grantlar beriladi.
Ona yurtimizning an'analari, adabiyoti hamda xalqimizning boy madaniy merosining boşqa jabhalariga tegişli adabiyotlar naşr etmoqlik ham Fond faoliyatining muhim yönalişlaridan biri böladi.
Islom Karimov Fondi xalqimizning avloddan avlodga, asrlar oşa ötib kelayotgan hunarmandçilik an'analarini asraş va qöllab-quvvatlaşni közda tutgan loyihalarni ham amalga oşiradi.
Özbek zamonaviy tasviriy san'at maktabini taraqqiy ettiriş maqsadida Islom Karimov Fondi özbek san'at ustalari tomonidan yaratilgan eng yaxşi asarlar kolleksiyasini töplaşni hamda maşhur rassomlar va iste'dodli yoş san'atkorlarning körgazmalarini taşkil etişni öz birlamçi vazifalaridan biri qilib belgilagan.












