Jamiyat | 11:15 / 18.11.2016
9669
3 daqiqa o‘qiladi

Pokistonlik shifokor-transplantant millionlab kishilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Foto: AFP

Karachidagi shifoxonalardan biriga ko‘plab odamlar yashashga so‘nggi imkon izlab kelishadi. Bu yerda shifokor Adibul Rizviy har yili yuz minglab kishilarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bu haqida Emirates 24|7 nashri xabar berdi. 

U har kuni soat 8:00dan to yarim tungacha bemorlarini davolash bilan shug‘ullanadi. Rizviy 79 yoshda bo‘lishiga qaramay, juda g‘ayratli. U o‘z faoliyatini 8 o‘rinli palatadan boshlab, Janubiy Osiyodagi eng yirik davolanish tarmoqlaridan birining qurilishigacha  erishgan. . 

Uning Sindh Urologiya va Transplantologiya instituti (SIUT) asosan xayriya pullari tomonidan moliyalashtiriladi. U so‘nggi to‘rt yilda millionlab kishilarga bepul shifo ulashib kelmoqda. 

2015 yilda birgina Rizviyning o‘zi tomonidan 300dan ortiq transplantatsiya va 260 000 dializ muolajalari amalga oshirildi, shuningdek operatsiyadan keyingi dori-darmonlar va davolash muolajalari ham mutlaqo bepul.

Hukumat ham shifoxonaga pul ajratadi, uning pullari SIUT byudjyetining 30 foizini tashkil qiladi. Biroq Rizviyning falsafasini bajarish uchun bu yetarli emas. "Har bir inson... munosib hayot kechirish uchun tibbiy yordam olish huquqiga ega", - deb hisoblaydi u. 

Pokistonda ko‘pchilik donorlikni shariatga zid deb hisoblardi. Organlar yo‘q bo‘lsa, transplantantlar ham yo‘q degani. Rizviy odamlarni ko‘ndirishning ham uddasidan chiqdi. 

"Yaxshiki, ularning hammasi donorlik islomga to‘g‘ri kelishi va u amalga oshirilishi kerakligini tushunib yetishdi", - deydi. Biroq u organ beruvchining roziligi bo‘lishi kerakligi hamda musulmon kishisining organlari nomusulmonga ko‘chib o‘tkazilmasligini ta'kidlaydi. 

U shifoxonadagi bir bemorni ko‘rsatdi: "Ana u kishini ko‘ryapsizmi? Biz uni davolayapmiz, u ham siz va men kabi inson. Xo‘sh, nima uchun men uning o‘lishiga yo‘l qo‘yib berishim kerak?!"

Millionlab kishilarga sog‘liq ulashgan Rizviy shu bilan to‘xtab qolmoqchi emas, uning keyingi maqsadi - saraton. U bu kasallikni davolashning yo‘li borligiga ishonadi. 

Rizviy nafaqaga chiqish haqidagi har qanday taklifni rad etadi. "Mening hamkasblarim ham xuddi shu tarzda ishlashadi. Ularning aksariyatida qon bosimi ko‘tarilib turadi, menda esa - yo‘q", - deb kuladi u. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid