Jahon | 21:10 / 18.11.2016
22368
2 daqiqa o‘qiladi

Shifoxonaga erini sudrab olib kirgan hind ayoliga hech kim yordam bermadi

Hindistonda erini shifoxonaga yolg‘iz o‘zi sudrab olib kirayotgan ayol videosi virus kabi tarqaldi. Gulf News India nashri shu haqida ma'lumot berdi

Ma'lum bo‘lishicha, ayol 45 yoshli eri Srinivasa Chorini Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi hukumat shifoxonasiga ko‘rsatish uchun olib kelgan. Aftidan shifoxonada bemorni ko‘tarish moslamasi taklif qilinmagan. 

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli Sri Vanining turmush o‘rtog‘i gastroenterit kasalligiga yo‘liqqan bo‘lgan. 

Voqea taxminan Andxra-Pradesh shtatidagi Guntakal shifoxonasida ro‘y bergan. Uning qachon sodir bo‘lganligi noma'lum. Mazkur videoning qanchalik haqiqat ekanligini darhol tekshirib bo‘lmaydi. 

Mansabdor shaxslar virus kabi tez tarqalgan video borasida tergov ishlarini yo‘lga qo‘yishga va'da berishdi. 

Mahalliy OAV, shu jumladan NDTV va Times of India'da xabar qilinishicha, ayolning erini shifoxonaga sudrab olib kirishdan boshqa chorasi qolmagan. U bir soatdan ortiq vaqt davomida shifoxona xodimlarining bemorni ko‘taruvchi moslama yoki nogironlar aravachasi olib chiqishlarini kutgan. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

 

Mavzuga oid

E`lonlar