22:05 / 19.11.2016
6355

Yaya Turening qaytishi «Manchester Siti»ga g‘alaba keltirdi, «Liverpul» ochko yo‘qotdi

Angliya chempionatining 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Gollarga kam bo‘layotgan turda «Sauthempton» maydoniga safar qilgan turnir jadvali peshqadami «Liverpul» 1 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Yomg‘ir ostida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi. 

«Manchester Siti» esa «Kristal Pelas» maydonida oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi - 1:2. Bu o‘yinda mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan Yaya Ture 2ta gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘tgan mavsum chempioni «Lester» esa «Uotford»ga yutqazdi - 1:2.

«Everton» autsayder «Suonsi» bilan uchrashuvda oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi - 1:1.

«Sanderlend» o‘ziga kelmoqda. O‘tgan turda mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonlagan Devid Moyyes shogirdlari bu turda «Hall»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Stok Siti» esa kutilmaganda o‘z maydonida «Bornmut»dan yengildi - 0:1.

Birozdan keyin «Tottenhem» – «Vest Hem» uchrashuvi boshlanadi.

20-21 noyabr kunlari «Midlsbro» – «Chelsi» hamda «Vest Bromvich» – «Byornli» uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Sauthempton – Liverpul 0:0
Sauthempton – Forster, van Deyk, Bertran, Soaresh, Fonte, Bufal (Long, 66), Devis, Redmond, Romeu, Xeyberg, Ostin.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip, Klayn, Koutino, Veynaldum, Firmino, Jan, Mane, Xenderson, Milner.
Ogohlantirishlar: Soaresh (61).

Kristal Pelas – Manchester Siti 1:2
Gollar: 0:1 – 39 Ture, 1:1 – 66 Uikxem,  1:2 – 83 Ture.
Kristal Pelas – Xennessi, Denn, Kelli, Uord, Tomkins, Kabay, Makartur, Panchon, Taunsend (Uikxem, 46), Zaa, Benteke.
Manchester Siti – Bravo, Kompani (Sabaleta, 37), Kolarov, Sanya, Otamendi, de Bryuyne, Fernandino, Ture, Sterling, Nolito (Silva, 67), Aguero.
Ogohlantirishlar: Otamendi (56), Nolito (62), Uikhem (78).

Stok Siti – Bornmut 0:1
Gol: 0:1 – 26 Ake.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Bardsli (Jonson, 57), Martins Indi, Shakiri, Adam, Allen, Arnautovich, Krkich (Uolters, 73), Boni (Krauch, 68).
Bornmut – Federichi, Frensis, Deniels, Ake, Kuk, Uilsher, Arter, Stanislas, Gosling, King, Uilson (Afobe, 69).
Ogohlantirishlar: Allen (16), Boni (22), Arter (34), Gosling (44), Federichi (49)

Sanderlend – Hall 3:0
Gollar: 1:0 – 34 Defo, 2:0 – 62 Anichebe, 88 Defo,
Sanderlend – Pikford, Djilobodji, Kone, Denayyer, Makneyr, Uotmor, Ndong, Jons, van Anxolt, Defo, Anichebe.
Hall –    Marshall, Taymon, Douson, Devis, Al-Muxammadi, Meyson, Klukas, Snodgrass, Xenriksen, Livermor, Mbokani.
Chetlatish: Jilobodji (90).

Everton – Suonsi 1:1
Gol: 0:1 – 41, penalti Sigurdsson, 1:1 – 89 Koulmen.
Everton – Stekelenburg, Uilyams, Beyns, Koulmen, Djagelka, Guyye, Makkarti (Miralyas, 72), Barkli, Lennon (Deulofeu, 66), Bolazi, Lukaku.
Suonsi – Fabianski, Amat, Teylor, Noton, Fernandes, Kork, Fulton, Rautledj, Sigurdsson, Barrou, Fer.
Ogohlantirishlar: Barrou (38), Jagelka (40), Noton (42), Makkarti (57), Beyns (63).

Uotford – Lester 2:1
Gollar: 1:0 – 1 Kapu, 2:0 – 12 Pereyra, 2:1 – 15, penalti Mahrez.
Uotford – Gomes, Britos, Kabul, Suniga, Predl, Kapu, Amrabat, Pereyra, Behrami, Yanmat, Dini.
Lester – Tsiler, Morgan, Fuks (Grey, 68), Simpson, Xut, Drinkuoter, Amarti, Olbrayton, Mahrez, Okadzaki, Vardi.
Ogohlantirishlar: Suniga (21), Britos (32), Fuks (53), Drinkuoter (65).

Top