Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kishining tavbasi qabul qilingani qaysi alomatlarda bilinadi?
Bir olimdan so‘rabdilar:
- Bir kimsa tavba qilgan chog‘ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilishi mumkinmi?
Olim shunday javob berdi:
- Yo‘q, qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko‘rsatuvchi ba'zi bir alomatlar bor:
1. Kishi o‘zida gunoh qilishga mayl bo‘lmayotganini ko‘radi.
2.Qalbidan xotirjamlik ketganini ko‘radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi.
3. To‘g‘ri va yaxshi axloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe'lli kishilardan o‘zini uzoq tutadi.
4.Ochko‘zlik qilmaydi. Oz bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topganiga qanoat qiladi. O‘zining ozgina bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topgani uning ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi, lekin qilgan xayrli va go‘zal amallari ko‘p bo‘lsa ham uning ko‘ziga oz ko‘rinadi.
5.Qalbi doimo Alloh farz qilgan narsalar bilan band bo‘ladi.
6.Dinini yomon ko‘zlardan himoya qiladi.
7.Davomiy tafakkur holida yuradi.
8.O‘tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.
Abu Homid G‘azzoliy
“MUKOShAFAT-UL QULUB” kitobidan olindi.
Manba: Ummat.uz
Mavzuga oid
16:06 / 24.03.2018
Ko‘zni harom etilgan narsalarga qarashdan tiyish usullari (1-qism)
12:55 / 07.02.2017
Hojatxona va hammomning bir joyda bo‘lishi mumkinmi?
10:47 / 22.01.2017
Har bir insonning o‘z shaxsiy qiyomati bor...
08:53 / 10.12.2016