15:14 / 19.11.2016
12137

UFC prezidenti Konor MakGregorning ringga chiqmasligi sababini ma'lum qildi

Foto: Eurosport.ru

UFC prezidenti Deyn Uaytning ma'lum qilishicha, ikki vazn toifasida amaldagi chempion Konor MakGregor o‘z faoliyatida tanaffus qiladi. 

«MakGregor maygacha jang qilmaydi. Uning rafiqasi Konor jang qilayotgan vaqtda juda asabiylashadi. Konor bu holat uning homiladorligiga ta'sir qilishini xohlamaydi», – degan Uayt.
 

Top