Özbekiston va Qozoğiston Samarqand-Çimkent-Turkiston va Çordara-Yettisoy-Jizzax yönalişi böyiça avtobus aloqasini joriy qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi Yerik Utembayev Janubiy Qozoğiston viloyatida ötgan özbek-qozoq biznes-anjumanida aytib ötdi. Utembayev şuningdek qozoq-özbek agrosanoat hududini qurişni hamda nafaqat Toşkent bilan hamkorlik qilişni, balki Özbekistonning barça hududlari bilan hamkorlik aloqalarini örnatişni taklif qildi.
"Ikki davlat iqlimi öxşaşligi tufayli viloyatda sabzavotçilikni rivojlantiriş mumkin. Sayyohlik sohasini rivojlantiriş maqsadida biz Buyuk ipak yölini tiklaşimiz lozim. Bu yönalişda bugungi kunda tegişli işlar olib borilmoqda va hududlararo avtobus reyslarini oçiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda", deb aytdi diplomat.
Qozoğistonning "Xabar" telekanali ma'lumotlariga köra, Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi savdo aylanmasini 3 barobarga oşirib, 1,5 trln tangagaça yetkaziş möljallanmoqda. Bu natijaga, jumladan 10 ta qöşma korxona yaratiş bilan erişilmoqçi.
"Özbekistonlik investorlar qişloq xöjaligi, farmatsevtika, töqimaçilik, maşinasozlik sohalariga sarmoya kiritişga va Janubiy Qozoğiston viloyatidagi sanoat va maxsus iqtisodiy zonalarda öz bizneslarini qurişga tayyorlar. Mahalliy mahsulot işlab çiqaruvçilar esa öz mahsulotlarini Özbekistonga eksport qiladilar. Şuningdek, qöşma korxonalar iştirokçilarining çegaralarni kesib ötişi jarayonini soddalaştiriş, ekspert kengaşi yaratiş va hududlararo avtobus reyslarini yölga qöyişga qaror qilingan", deb ma'lum qilgan telekanal.
Ta'kidlaş joizki, 2015 yilda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 1,67 mlrd dollarga yetgan. Bugungi kunda Özbekiston Qozoğistonga gaz, paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar, öğitlar va sabzavotlar eksport qiladi.













