09:09 / 20.11.2016
5364

Hindistonda poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi

© Flickr

Hindiston shimolida yo‘lovchi poyezdi izdan chiqib, uning 14 vagoni ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lgan kishilar soni 63 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayani Frans Press agentligi xabar tarqatgan.

Dastlabki xabarlarda 30 kishi qurbon bo‘lgani va 150 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

"Qurbonlar soni o‘sdi va hozirda 60 nafarga yetdi, yana 150 kishi turli darajada jarohatlar olgan", — degan Kanpur shahri (Uttar-Pradesh shtati) politsiyasi boshlig‘i Zakiy Ahmad.

Hodisa Pukrayan shahri yaqinida ro‘y bergan. Hodisa sababi aniq emas, ba'zi manbalarga ko‘ra, relsdagi buzilishlar halokatni keltirib chiqargan.

Top