16:14 / 20.11.2016
7355

OAV Tramp va Yelizaveta II uchrashuvi rejasi haqida xabar tarqatdi

Foto: VVS

Buyuk Britaniya hukumati AQShning yangi saylangan prezidentini keyingi yilning yozida davlat tashrifi bilan kelishga taklif etmoqchi.

The Sunday Times nashrining yozishicha, qirolicha Yelizaveta II AQShning yangi prezidenti bilan uchrashuvda bu mamlakat bilan Buyuk Britaniyaning aloqalarini mustahkamlashi kerak bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, 20 yanvardan keyin, Tramp qasamyod qilib, o‘z vazifasiga  kirishgandan keyin bu borada rasmiy taklif bilan chiqiladi.

Nashr manbalaridan birining ma'lumotiga ko‘ra, qirolicha bilan uchrashuv hukumat uchun Tramp bilan aloqalarni yaxshilashda «maxfiy qurol» vositasini o‘taydi.

Qayd etilishicha, bosh vazir Tereza Mey saylovdan keyin Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashganida, unga uning onasi — shotland bo‘lgani, u qirolichaning katta muxlisi bo‘lgani haqida eslatgan. Bundan tashqari, Tramp Mey orqali Yelizaveta ikkinchiga salom yo‘llagan.

Mavzuga oid
Top