Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guruch Hindistonda paydo bo‘lganmi yoki Xitoyda?
Foto: Flickr
Britaniyalik arxeologlar Hindistonning qadimiy aholisi taxminan 4,5 ming yil avval guruch yetishtirishni boshlaganiga oid, avval noma'lum bo‘lgan dalillarni topishdi. Bu guruch yetishtirishning Xitoy bilan bir vaqtda yoki undan ham avval yo‘lga qo‘yilganligiga ishora qiladi. Antiquity jurnalida ushbu tadqiqotga doir maqola chop etildi.
Oksford universiteti xodimi Jyennifer Beyts va uning hamkasblari xulosalariga ko‘ra, Hindistonda guruch yetishtirish Xitoydan taxminan 430 yil avval yo‘lga qo‘yila boshlagan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar Rakhigari qadimiy hind shahridagi vayronalarni o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.
Rakhigari va uning atrofidagi qishloqlar zamonaviy Hindistonning g‘arbida joylashgan. Mazkur hududda o‘tmishda ham, hozirda ham yog‘ingarchilik darajasi yuqori bo‘lib, bu ushbu hududlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun eng qulay joyga aylantiradi.
Beytsning ta'kidlashicha, uning jamoasi bu yerlardan dastlab Mesopotamiya qishloq xo‘jaligining arpa va bug‘doy izlarini qidirishgan. Buning o‘rniga olimlar qishda va yozda yetishtiriluvchi bir qator qishloq xo‘jalik mahsulotlarini topishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
12:27 / 06.02.2026