00:04 / 21.11.2016
6029

Misr prezidenti terrorchilikka qarshi global ittifoq tuzishni taklif qildi

Foto: © AP

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy terrorchilikka, birinchi navbatda IShIDga qarshi kurashuvchi global ittifoq tuzishni taklif qildi. Misr OAV ma'lum qilishicha, as-Sisiy bu haqda Portugaliyaga safari oldidan bu davlatning Lusa axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

"Men IShIDga qarshi kurashuvchi global ittifoq yaratishga hamda terrorchilik tashkilotlari va guruhlariga, ularning nomidan qat'iy nazar, urush olib borayotgan davlatlarni faol qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Terrorchilik – bu biz duch kelayotgan va nafaqat Suriya, Iroq va Liviyada mavjud bo‘lgan, balki butun dunyoga hujum qilmoqchi bo‘layotgan real dushmandir", deb aytgan Misr prezidenti.

Uning aytishicha, xalqaro hamjamiyat "yalpi strategiya doirasida harakat qilishi kerak". Bu strategiya xavfsizlik masalalaridan tashqari, jamiyat hayotiga ta'sir qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy omillarni o‘z ichiga olishi kerak. 

As-Sisiy IShID ustidan Mo‘sul va Suriyadagi g‘alaba jangarilarning boshqa davlatlarga qochishiga olib kelishi mumkinligini aytdi. "Shu sababli jangarilarga xavfsiz boshpanalar topishiga imkon bermaslik uchun men birgalikda ishlashga chaqiraman", deb ta'kidlab o‘tgan as-Sisiy.   

 

Mavzuga oid
Top