Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishiga umid bildirdi
Hürriyet
Anqara O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qilgan va Toshkent tomoni ham shunday qadam tashlashini kutmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li ma'lum qilgan.
«Turkiya O‘zbekiston bilan aloqalarda yangi sahifa ochdi. Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kiritgan. Umid qilamizki, O‘zbekiston ham Turkiya fuqarolari uchun vizalarni bekor qiladi», — degan Chavusho‘g‘li.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 18 noyabr kuni Samarqandga tashrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan va O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgach, ikki mamlakat aloqalari mustahkamlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
12:50 / 29.12.2025
Bild: Germaniyada viza firibgarligi holatlari ikki baravarga oshdi
14:19 / 22.12.2025