22 noyabr tongida Yaponiyaning sharqiy qismida 7,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Yaponiya meteo xizmati ma'lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi okeanning Fukusima prefekturasi sohiliga yaqin yerida joylashgan. Ma'lumot uchun: 2001 yil aynan shu prefekturadagi zilzila sabab atom elektrostansiyalarida avariya chiqqan edi.
Bundan tashqari, zilzila oqibatida 1,4 metrli sunami ko‘tarilgan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, xuddi shunday balandlikdagi to‘lqin Senday tumanidagi portda ham kuzatilgan.








