Donald Tramp vazifasiga kirishganidan so‘ng dastlab nimalarga e'tibor qaratadi?

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng ilk yuz kunida va hatto birinchi kunidayoq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan rejalarini ma'lum qildi. U o‘z rejalariga oydinlik kirituvchi videomurojaatni e'lon qildi.
Uning ushbu videolavhada aytgan so‘zlari Trampning saylovoldi dasturini deyarli takrorlaydi. AQShning yangi prezidenti savdo kelishuvlari, energetika, migratsiya, milliy xavfsizlik va davlat boshqaruviga oid rejalarini ma'lum qilgan. Respublikachi davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning dasturi negizida "Amerika manfaatlari birinchi o‘rinda turadi", bu esa "Amerikani yana buyuk qilish" va "o‘rta sinfni qayta shakllantirish"ga yordam beradi.

Shunday qilib, Donald Tramp o‘z vazifasiga kirishgach, 100 kun ichida quyidagilarni amalga oshirmoqchi:
TTHdan chiqish
Siyosatchi AQShning Transtinch okeani hamkorligi kelishuvidan chiqishi bo‘yicha ishlarni birinchi kundanoq boshlashini ta'kidlamoqda.
"Men mamlakatimiz uchun ulkan halokat bo‘luvchi Transtinch okeani hamkorligidan chiqish haqida ogohlantirish yuborish niyatidaman. Buning o‘rniga biz adolatli ikki tomonlama savdo bitimlari bo‘yicha muzokaralar olib boramiz. Bu esa Amerikaga ish o‘rinlari va ishlab chiqarishni qaytaradi", — degan Tramp
Energetika
Tramp vazifasiga kirishgan ilk kunlaridayoq, uglevodorod boyliklarini, xususan sohilbo‘yi konlarini o‘zlashtirishga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilmoqchi.
"Men Amerikada energiya ishlab chiqarish sohasida ish o‘rinlarini yo‘q qilayotgan cheklovlarni bekor qilaman. Sohilbo‘yi energiya zaxiralari va ko‘mir qazib olishni tiklash bilan millionlab yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari barpo etiladi. Bu aynan biz xohlayotgan va kutayotgan narsadir", — deya bayonot bergan prezident.
Xavfsizlik
Donald Tramp shuningdek, harbiylarga "o‘ta muhim infratuzilmalar" xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha topshiriq berishini bildirgan.
"Men mudofaa vazirligi va shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasi raisidan Amerikaning o‘ta muhim infratuzilmalarini kiberhujumlar va boshqa turdagi hujumlardan himoya qilish bo‘yicha keng qamrovli reja tuzishni so‘rayman", — degan Tramp, ammo bu rejada nimalarga e'tibor qaratilishi xususida so‘z yuritmagan.
Viza tartibi
Milliarder davlat rahbari, shuningdek, barcha muhojirlarning viza tartib-qoidalarini buzganligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishni talab qilishini ta'kidlagan.
"Men mehnat vazirligiga amerikalik ishchilarning huquqlarini barbod etayotgan viza dasturlari bo‘yicha qonunbuzarliklarni aniqlash vazifasini yuklayman", — degan respublikachilar vakili.
Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ham bu muammoga e'tibor qaratib, jinoyat sodir etgan barcha noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborish, ularni topish bo‘yicha maxsus bo‘lim tashkil etish va boshqa qator choralar ko‘rishga va'da bergan edi. Qayd etish joizki, Trampning Meksika bilan chegaralarda devor qurish rejasi yuz kunlik dasturida o‘z aksini topmagan.
Bundan tashqari, Tramp rasmiy shaxslar, davlat mulozimlarining lobbichilik faoliyati bilan shug‘ullanishiga cheklov kiritmoqchi ekanini, unga ko‘ra, davlat vazifasida ishlagan shaxs kamida 5 yil bu kabi ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmasligini ham ta'kidlagan.
Lobbichilik – davlat lavozimida ishlagan sobiq mulozim, rahbar xodimlarning yangi davlat xodimlariga ta'sir ko‘rsatish va ayrim tashkilotlar, kompaniyalar manfaatlarini hukumat idoralarida himoya qilish maqsadida faoliyat yuritishi, shu kabi tashkilotga asos solishidir.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi
Jahon | 23:00 / 20.05.2025
Mavzuga oid

22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi

22:06 / 20.05.2025
AQSh 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilishi mumkin

20:43 / 20.05.2025
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

17:07 / 20.05.2025