10:32 / 22.11.2016
5058

Xitoy myanmaliklarga vaqtinchalik boshpana berdi

Foto: RIA «Novosti»

Xitoy chegarasi oldidagi voqealardan keyin Myanmaning 3 ming fuqarosiga vaqtinchalik boshpana berdi.

20 noyabrda qurollangan odamlar Xitoy chegarasi yaqinida joylashgan, Myanmadagi blokpostlarga hujum qilgan. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi yaralangan.

China Daily nashri Xitoyning Myanmadagi elchixonasi vakiliga iqtibos keltirgan holda Myanma fuqarolari chegaraoldi shaharlari, jumladan Vandin shahrida joylashtirilganlarini ma'lum qilgan. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Blokpostlarga hujumdan keyin Xitoy mudofaa vazirligi Xitoy qurolli kuchlari yuqori darajada tayyor turganlari va Xitoy xavfsizligi va suverenitetini himoyalash hamda xitoyliklarning xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishlarini ma'lum qilgan. 

Top