Xitoyning Shansi viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetgan, deb xabar bermoqda Xitoy xalqaro radiosi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek 37 kishi jarohat olgan. Avvalroq 4 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida 56 ta avtomobil ishtirok etgan. Avtohalokat 21 noyabrda Pekin va Kunminni bog‘lovchi trassada yuz bergan. Yirik yo‘l-transport hodisasining yuz berishiga ho‘l qor sabab bo‘lgan.
Xitoy markaziy televideniyesi avvalroq ma'lum qilganidek, YTHda asosan yuk mashinalari to‘qnashgan. Voqea oqibatida trassa bo‘ylab harakat vaqtinchalik yopib qo‘yilgan.